«oilaviy zo‘ravonlik» tegli maqolalar


Buxoroda erkak rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi
24 aprel 2024, 23:50

Buxoroda erkak rashk sabab xotinini pichoqlab o‘ldirdi

Buxoro viloyati Qorako‘l tumanida er xotinini 16 marta pichoq urib o‘ldirdi. Bunga rashk ortidan kelib chiqqan janjal sabab bo‘lgani aytilmoqda. Erkakka nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz er-xotinni ajratish rejalashtirilmoqda
25 dekabr 2023, 16:01

Zo‘ravonlik kuzatilgan oilalarda yarashish muddatisiz er-xotinni ajratish rejalashtirilmoqda

Zo‘ravonlikka uchragan jabrlanuvchining talabiga ko‘ra sud tomonidan nikohdan ajratish to‘g‘risidagi ishlarning soddalashtirilgan tartibda, yarashish uchun muhlat tayinlamasdan hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Mazkur qonun loyihasini tayyorlash Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga topshirildi.

Farg‘onada xotinini rashk sabab kaltaklagan erga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
11 may 2023, 10:18

Farg‘onada xotinini rashk sabab kaltaklagan erga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qo‘qon shahrida erkak turmush o‘rtog‘ini kaltakladi. Voqeaga xotinini boshqa bir erkakdan rashk qilgani sabab bo‘lgan. Holat yuzasidan oilaviy zo‘ravonlik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunning to‘liq tafsiloti
12 aprel 2023, 17:44

Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunning to‘liq tafsiloti

O‘zbekistonda endi ayollarga shilqimlik qilganlar 15 sutkagacha qamalishi mumkin, xotinini do‘pposlaganlar javobgarlikka tortiladi. Jinsiy zo‘ravonlik qilganlar esa “qo‘ng‘iroqdan qo‘ng‘iroqqacha” o‘tirishadi. Ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qiluvchi qonunning to‘liq tafsiloti — “Gazeta.uz” materialida.

Tanzila Narbayeva: Bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun xalqaro standartlarga javob beradi
7 aprel 2023, 12:17

Tanzila Narbayeva: Bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid qonun xalqaro standartlarga javob beradi

Tanzila Narbayeva bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ilg‘or deb atadi, uni qabul qilishdagi qiyinchiliklarni qayd etib, faollarga minnatdorlik bildirdi. 2021−2022-yillarda ayol-qizlarga nisbatan 72 mingta zo‘ravonlik holatlari bo‘lgan, ularning 85 foizi oilada sodir etilgan.

Toshkentda xotini va farzandini kaltaklagan sportchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
26 mart 2023, 22:08

Toshkentda xotini va farzandini kaltaklagan sportchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Toshkentda 33 yoshli sportchi oilaviy tortishuv sababli 28 yashar turmush o‘rtog‘ini, keyinroq 7 yoshli o‘g‘liini urib, tan jarohati yetkazdi. Toshkent IIBBga ko‘ra, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi protsessual tartibda ushlangan.

«Sukut saqlash madaniyatini yo‘q qiling». Toshkentda NeUyat ko‘rgazmasi ochildi
15 noyabr 2022, 12:00

«Sukut saqlash madaniyatini yo‘q qiling». Toshkentda NeUyat ko‘rgazmasi ochildi

NeUyat festivaliga 139 Documentary Center galereyasida start berildi. Uning maqsadi jinsiy zo‘ravonlik hodisalari atrofidagi sukunat madaniyatini buzishdir. Muhim voqelik — shu nomdagi ko‘rgazma bo‘lib, uning eksponatlarida jabrlangan ayollarning hikoyalari va mualliflarning shaxsiy tajribasi aks ettirilgan.

2021 yilda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining 87 foizi oilada sodir etilgan
27 aprel 2022, 10:52

2021 yilda ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining 87 foizi oilada sodir etilgan

2021 yilda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ayollar va qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlari yuzasidan 39343 ta murojaat kelib tushgan. Ularning 34330 tasi yoki 87 foizi oilada sodir etilgan.

Xorazmda 19 yoshli kelin osilgan holda topildi
11 aprel 2021, 17:29

Xorazmda 19 yoshli kelin osilgan holda topildi

Xorazm viloyatining Shovot tumanida 19 yoshli Muxlisa Qadamboyeva osilgan holda topildi. Ijtimoiy tarmoqlarda uning homilador bo‘lgani hamda eri va uning oilasi tomonidan kaltaklab kelingani haqida ma’lum qilindi. Prokuratura ushbu xabarni o‘rganmoqda. Vaziyat yuzasidan Saida Mirziyoyeva ham munosabat bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting